» » Toshkent viloyatida 5 nafar qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida 5 nafar qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi


Toshkent viloyatida 5 nafar qiz is gazidan zaharlanib o‘ldi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Fojia 2018-yil 27-dekabr kuni kechki payt sodir bo‘lgani bildirilmoqda.

Nashrning halok bo‘lgan bolalarning qarindoshi bilan muloqotda bo‘lgan muxbiriga ko‘ra, 4 nafar qiz (ikki nafar opa-singil va ikki nafar amakivachchalar) bir uyda yashagan, beshinchi qiz esa ularnikida mehmon bo‘lgan. Kechki payt taxminan soat 23:00 atrofida qizlar o‘z xonasiga uxlagani ketgan. Tungi soat 3:00 da qizlarning onasi xonaga kirgan va bolalarni behush holda ko‘rgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, eng kattasi 16 yosh, eng kichigi esa 4 yashar bo‘lgan qizlar is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan.

Qizlar 29-dekabr, shanba kuni dafn etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют