» » Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Dubayga yetib bordi (fotogalereya)

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Dubayga yetib bordi (fotogalereya)


O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari “O‘zbekiston Havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 333-reysi bilan uchgan Boing-787 havo kemasida 3 soat-u 15 daqiqa parvozdan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yetib bordi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Parvoz vaqtida havo kemasi komandiri Alisher Sultonov ushbu reysda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham uchib ketishayotganini e’lon qilib, ekipaj a’zolari nomidan futbolchilarga Osiyo Kubogi musobaqasida omad tiladi.

Dubayda havo harorati 23-24 daraja issiq. Terma jamoa delegatsiyasini OFK vakillari kutib olishdi. Futbolchilar Dubay shahridagi “Roda Al Bustan” mehmonxonasiga joylashdi.

Bugun kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da terma jamoa a’zolari BAAdagi dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют