» » IIV: O‘zbekiston hududida Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar ko‘ngildagidek o‘tdi

IIV: O‘zbekiston hududida Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar ko‘ngildagidek o‘tdi


Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, xalqimiz kayfiyatini yanada chog‘ qilish maqsadida, respublika bo‘yicha jami 293 ta joyda 1 200 dan ortiq bayram tadbirlari o‘tkazilib, ommaviy konsert dasturlari tashkil etildi. Ushbu bayram tadbirlari tinch va osuda, ortiqcha ko‘ngilsiz voqea va hodisalarsiz o‘tishi uchun ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kecha-yu kunduz kuchaytirilgan tartibdagi xizmat olib borildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada respublikaning barcha viloyat, shahar va tumanlaridagi bayram tadbirlari ko‘ngildagidek o‘tkazilib, hech qanday qo‘pol huquqbuzarlik holatlari yuz bermadi. Hozirda ham bayram archalari o‘rnatilgan maskanlarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida kuchaytirilgan tartibdagi xizmat davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют