» » So‘rov: o‘zbekistonliklarning telefoniga 2018-yilda eng ko‘p kelgan xabar Turizm qo‘mitasining jamoat hojatxonalarini tashkil etish haqidagi xabari bo‘lgan

So‘rov: o‘zbekistonliklarning telefoniga 2018-yilda eng ko‘p kelgan xabar Turizm qo‘mitasining jamoat hojatxonalarini tashkil etish haqidagi xabari bo‘lgan


O‘zA bir qancha o‘zbekistonliklar orasida “Yil davomida mobil telefoningizga eng ko‘p kelgan xabar” qaysi mavzuda bo‘ldi? degan yo‘nalishda so‘rov o‘tkazdi. Ularning qariyb 70 foizi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rus va o‘zbek tilida yuborgan “Hurmatli tadbirkorlar! Zamonaviy va ozoda jamoat hojatxonasi tashkil eting va soliq imtiyoziga ega bo‘ling”. mazmunidagi SMS “jonga tegib” ketgani haqida aytishdi. Ayrimlar buni to‘g‘ri tushunishini ham ma’lum qildi.

Axir, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini rivojlantirish turizm infratuzilmasini ajralmas qismi hisoblanadi. Shu bois jamoat joylari va obyektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etishga ehtiyoj yuqori.

– Shuning uchun, tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berildi, –deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Xolbadalov. –Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarining sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish, qayta tiklash va kapital ta’mirlashga sarflagan 100 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatiga soliq solinmaydi. Bunda, soliq solinadigan bazaning 100 million so‘mgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda, 2020-yil 1-yanvar muddatigacha amalga oshiriladi. Misol uchun, joriy yilning sentabr-oktabr oylarida tadbirkor o‘z hududida barcha mijoz va yo‘lovchilar foydalanishlari uchun sanitar-gigiyena shoxobchasini 60 million so‘mga qurib, foydalanishga topshirdi. Uning uchinchi chorakda soliqqa tortiladigan daromadi 80 million so‘m bo‘lsa, soliqni faqatgina 20 million so‘m uchun to‘laydi.

Buning yana bir qulay jihati bor. Agarda tadbirkor turizm infratuzilmasi obyektlarida — tarixiy va me’moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, rastalar, do‘konlar kabi odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini saqlash uchun qilgan xarajatlarini 12 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi xarajatlariga soliq solinmaydi. Masalan, tadbirkor o‘z hududidagi umumiy ovqatlanish nuqtasida yo‘lovchilar foydalanishi uchun tashkil qilgan sanitar-gigiyena shoxobchasini toza saqlash uchun oyiga bir million sarfladi. Soliq olinayotganda ushbu summa chiqarib tashlanadi.

Yil davomida yuborilgan SMSlar, yaratilgan imtiyozlar va qulayliklar tadbirkorlarni qay darajada o‘ziga jalb etdi. Natija qanday? Qaysi hududlarda namunaviy tipdagi sanitar-gigiyena shoxobchalari qurildi, degan savolimizga mutaxassis shunday javob berdi.

“Albatta, bu o‘z samarasini berdi. Bir qator misollar keltirishim mumkin. Misol uchun, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi Taxtaqoracha dovonida 60 million so‘mlik loyiha bajarildi. Natijada xalqaro M39 avtomagistral yo‘li bo‘yida 4 xonali — tahoratxona, ayol va erkaklar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus hojatxona qurildi. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida bajarilgan ikkita loyiha ham samarali bo‘ldi. Ulardan biriga qariyb 100 million so‘m sarflanib, 6 xonali sanitariya-gigiyena shoxobchasi qurildi. Tahoratxona, ayol va erkaklar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus hojatxona, yuvinish xonasi yana birida qariyb 30 million evaziga sport komplekslari va kichik savdo majmualari yonida barpo etilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi qurildi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют