» » Fotogalereya: bu shaharda ijara haqi V asrdan buyon o‘zgargani yo‘q

Fotogalereya: bu shaharda ijara haqi V asrdan buyon o‘zgargani yo‘q


Yevropada va umuman dunyoning ko‘pchilik hududlarida uy ijaraga olish katta bosh og‘rig‘i keltirib chiqarishi mumkin. Lekin Germaniyada joylashgan Fuggeray shahrida uyning bir yillik ijara haqi 88 sentni tashkil qiladi. Bu narx shaharda 1520-yildan buyon o‘zgargani yo‘q, deb ma’lum qiladi AdMe.

Foto: AdMe

Shaharchaga 1520-yilda bir badavlat bankir tomonidan asos solingan bo‘lib, u muhtojlarga boshpana bo‘lishi mo‘ljallangan edi. Bu an’ana hozirgacha saqlab qolingan — shahardagi 67 ta uyda joylashgan 147 xonadon Yevropadagi eng eski ijtimoiy turar joy hisoblanadi.

Foto: AdMe

Ammo bu yerdan boshpana topishga da’vogar bir qancha talablarga javob berishi — katolik bo‘lishi, kuniga uch mahal ibodat qilishi, shuningdek, kamida ikki yil davomida qo‘shni Augsburgda yashashi lozim.

Foto: AdMe

Eski uylarning ichki dizayni zamonaviy taunxauslarni eslatadi. Har bir xonadon maxsus kirishga ega. Interyer juda kamtarona va oddiy, lekin har bir xonadon zaruriy jihozlarga ega.

Foto: AdMe

Hammomda ham barcha sharoitlar, shu jumladan, kir yuvish mashinasi va suv isituvchi moslama bor.

Foto: AdMe

Yotoqxona ham kamtarona, lekin qulay jihozlangan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 1) ( 97) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...