» » Chelyabinsk gubernatori Magnitogorskdagi uy portlashi va marshrutka yonib ketishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi

Chelyabinsk gubernatori Magnitogorskdagi uy portlashi va marshrutka yonib ketishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etdi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiyning ma’lum qilishicha, Magnitogorsk shahridagi ko‘p qavatli uyning podyezdi portlashi va yo‘nalishli taksining yonib ketishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik mavjud emas. Gubernator mish-mishlar tarqatmaslikni ham so‘ragan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Ko‘p qavatli uy podyezdining uchinchi qavatidan o‘ninchi qavatigacha bo‘lgan qismi 31-dekabr kuni ertalab qulab tushgan. 22 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Rossiya tergov qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati hodisaga gazing portlashi sabab bo‘lgan, deb hisoblamoqda.

Ba’zi OAVlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar terakt variantini ham ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan. Unga ko‘ra, go‘yo uch nafar gumonlanuvchi Magnitogorskda 1-yanvar kuni kechqurun yonib ketgan yo‘nalishli taksiga hujumda halok bo‘lgan. Biroq tergov qo‘mitasi vayron bo‘lgan uyda portlovchi moddalar izi topilmaganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют