» » Chirchiqda kursantlar o‘rtasida Quvnoqlar va zukkolar musobaqasi o‘tkazildi

Chirchiqda kursantlar o‘rtasida Quvnoqlar va zukkolar musobaqasi o‘tkazildi


Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Quvnoqlar va zukkolar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasining “O‘zbegim”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetining Status, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining Golden weens hamda mezbon bilim yurti kursantlaridan tarkib topgan “NBK” jamoalari kundalik harbiy hayotda uchrab turadigan kulgili holatlarni sahnada namoyon etdi.

“Hazil-mutoyiba bizga xizmat qiyinchiliklarini yengishga yordam beradi”, “Armiyaga chaqiruv” (biror film yoki animatsion filmga ovoz berish orqali mavzuga bog‘lash) hamda “Harbiy hayot haqida ertak” shartlari bo‘yicha kursantlarning badiiy-havaskorlik layoqati, aktyorlik, dublyajda ovoz berish, plastik harakatlar mahorati va belgilangan vaqt me’yorlariga qay darajada amal qilgani hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Hakamlar hay’atining yakuniy natijalariga ko‘ra, Status jamoasi 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari 2-o‘rinni egalladi. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari jamoasi esa birinchi pog‘onani band etdi.

G‘olib, sovrindor va faol ishtirokchilarga Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat va markazi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют