» » Daniyada temir yo‘ldagi avariya oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Daniyada temir yo‘ldagi avariya oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi


Daniyadagi temir yo‘lda yuz bergan avariya oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Avariya Fyun va Zelandiya orolini Katta Belt bog‘ozi orqali bog‘lovchi ko‘prikda sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdning ilkisdan tormoz berishi oqibatida yuz bergan.

Qayd etilishicha, ko‘prikdan o‘tayotgan yuk poyezdining tomi uchib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yo‘lovchi poyezdiga borib urilgan. Shunda poyezd mashinisti ilkisdan tormoz bergan.

Poyezdda hammasi bo‘lib 131 kishi bo‘lgan. Jabrlanganlarning jarohati unchalik xavfli emasligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют