» » Xitoy koinot qurilmasi ilk bor Oyning orqa tomoniga qo‘ndi

Xitoy koinot qurilmasi ilk bor Oyning orqa tomoniga qo‘ndi


“Chan’e-4” koinot qurilmasi 3-yanvar, payshanba kuni Oyning orqa tomoniga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Qurilma tarixda ilk bor Oyning orqa tomoniga yengil qo‘nishni amalga oshirdi. Bu Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, shuningdek, Oyni tadqiq etishda yangi sahifa bo‘ldi”, — deyiladi reportajda.

“Chan’e-4” Sichan kosmodromidan 8-dekabr kuni uchirilgandi. Uning asosiy vazifasi Oyning kam o‘rganilgan orqa tomonini tadqiq etishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют