» » Dunyodagi eng katta yuk kemalaridan biri Shimoliy dengizda zaharli ximikatlar solingan konteynerlarni yo‘qotdi

Dunyodagi eng katta yuk kemalaridan biri Shimoliy dengizda zaharli ximikatlar solingan konteynerlarni yo‘qotdi


Dunyodagi eng yirik konteyner tashuvchi kemalardan biri — salkam 400 metrli MSC Zoe Shimoliy dengiz akvatoriyasiga o‘tish chog‘ida 270 ta konteynerni yo‘qotdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Panama bayrog‘i ostida suzgan va Portugaliyadan Germaniyaga yo‘l olgan yuk kemasi 2-yanvarga o‘tar kechasi po‘rtanaga duch kelgan.

Kamida 21 ta konteyner va uning ichidagilar — televizorlar, mebel va o‘yinchoqlar Niderlandiyaning Vliland hamda Tersxelling orollari qirg‘og‘iga borib yetgan. Yana bir qism konteynerlar Germaniyaning Borkum oroli sohili yaqinida payqalgan.

Kema olib ketayotgan 3 ta konteynerda zaharli va portlovchi kimyoviy birikmalar saqlangani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют