» » O‘zbekistondan Tojikistonga o‘tib-qaytuvchilar soni bir necha yuz barobarga ko‘paydi

O‘zbekistondan Tojikistonga o‘tib-qaytuvchilar soni bir necha yuz barobarga ko‘paydi


So‘nggi bir yilda O‘zbekistondan Tojikistonga o‘tib-qaytuvchilar soni bir necha yuz barobarga ko‘paydi, deb yozadi O‘zA. Xususan, Toshkent viloyatida joylashgan “Oybek” chegara bojxona posti orqali bir kunda qo‘shni davlatga o‘tib-qaytuvchilar 800 foizga oshdi.

– Bundan bor-yo‘g‘i ikki yil muqaddam chegara bojxona postimiz orqali bir kunda Tojikistonga ko‘pi bilan 600 nafargacha yo‘lovchi o‘tib-qaytgan, – deydi “Oybek” chegara bojxona posti boshlig‘i, podpolkovnik Ziyodulla Rajabov. – Ayni paytda esa postimiz orqali bir kunda 3 mingdan 5 ming nafargacha yo‘lovchi o‘tib-qaytmoqda. Bu albatta, Prezidentlar, xususan Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan viza rejimining qulaylashtirilgani, chegara postlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshirilishi natijasidir.

Darhaqiqat, Prezidentning 2018-yil 14-martdagi tegishli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 9-mart kuni imzolangan fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Qarorga muvofiq, 2018-yil 16-martdan boshlab Tojikiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz safar qilishlari mumkin bo‘ldi.

“Oybek” chegara bojxona posti orqali harakatlanuvchi fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bojxona posti zamonaviy bojxona apparatlari, kuzatuv kameralari, texnik nazorat vositalari va jihozlari bilan ta’minlangan. Yosh bolali yo‘lovchilarning qulay harakatlanishi, bojxona posti orqali o‘tib-qaytuvchilarga zarur hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, kutish zalida mehmonlarni kutish uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Maskanda fuqarolar o‘zlari bilan olib o‘tishi mumkin bo‘lgan tovar va moddiy boyliklar me’yori hamda valyuta qimmatliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zbek, tojik va rus tillarida joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют