» » O‘zbekistonda 2018-yilda 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi

O‘zbekistonda 2018-yilda 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi


O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2018-yil sarhisobini e’lon qildi.

“Muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklarida Qur’on musobaqalari bilan boshlangan 2018-yil qut-barakali o‘tdi, Alloh taoloning ne’matlari bisyor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda. O‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:

– Xalqaro islom akademiyasi ta’sis etildi;

– Xalqaro Islom sivilizatsiya markazi tashkil etildi;

– “Vaqf” xayriya jamoat fondi tuzildi;

– Hadis ilmi maktabi nomli oliy diniy ta’lim muassasi ish boshladi;

– masjid-madrasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi;

– 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini kapital ta’mirlandi;

– Haj qiluvchilar soni 7200 dan oshdi, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ldi;

– Ramazon oyida 1149 ta masjidda xatmi Qur’on o‘tkazildi;

– “Qur’oni karim va tajvid” hamda “Arab tili” kurslari tashkil etildi, bundan elu xalqimiz juda ham mamnun bo‘ldi.

Diniy sohada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etmoqda. AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘lidagi ishlarni tan oldi. BMT sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi bilan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli muhim hujjat qabul qilindi.

O‘zbekiston ulamolari xalqaro anjumanlarda munosib ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar mezbonlik qilgan nufuzli xalqaro tadbirlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi.

Islom olami bilan aloqalar mustahkamlanib, musulmon dunyosining eng mo‘tabar ulamolari mamlakatga tashrif buyurishdi. Azhari sharif shayxi Ahmad Toyyib, yirik muhaddis Muhammad Avvoma va tariqat peshvosi Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy kabi zotlarning tashrifi o‘zgacha fayz baxsh etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют