» » O‘zbekiston Respublikasining prezidenti ShHTning yangi tayinlangan Bosh kotibini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasining prezidenti ShHTning yangi tayinlangan Bosh kotibini qabul qildi


Bugun, 3-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi Vladimir Norovni qabul qildi. U joriy yilning 1-yanvarida mazkur lavozimga kirishgan edi, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi vakilining ShHT Bosh kotibi lavozimi kabi yuqori va mas’uliyatli lavozimga tasdiqlanishi tarixiy hodisa ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidenti ShHTning faoliyatiga yuqori baho berdi.

O‘zaro hamkorlikning kelajakdagi ustuvor vazifalari sifatida xavfsizlikni ta’minlash, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport kommunikatsiyalari, turizm, qishloq xo‘jaligi va mintaqalararo hamkorlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar sanab o‘tildi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Vladimir Norovga ShHT Bosh kotibi mas’uliyatli lavozimidagi samarali faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют