» » AQSh Afg‘onistondan O‘rta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi

AQSh Afg‘onistondan O‘rta Osiyo davlatlari siyosiy ishiga aralashish uchun foydalanadi


AQSh O‘rta Osiyo mamlakatlari siyosiy ishlariga faol aralashish uchun Afg‘onistonga ko‘p urg‘u bermoqda, buning boisi esa — Rossiyaga bosim o‘tkazishdan iborat, deb yozadi Sputnik Federatsiya kengashi mudofaa qo‘mitasi a’zosi Frans Klinsevichga tayanib.

Ilgariroq OAVlar AQSh Afg‘onistonda faqat maxsus topshiriqli bo‘linmalarni qoldirib, qolgan harbiy kontingentni ikki marta qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

“AQSh Afg‘onistondan O‘rta Osiyo mamlakatlari ichki ishlariga aralashishni boshlash uchun maydon sifatida foydalanishadi, bu kampaniya maqsadi — Rossiyaga bo‘lgan bosimni davom ettirish”, — degan Klinsevich.

Klinsevichning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” radikal harakatini nazorat qilish va IShID terrorchilik uyushmasini rivojlantirish uchun amerikaliklarga qolgan kontingent yetarli hisoblanadi.

“Keyinchalik ushbu terroristik uyushmaning imkoniyatlari va resurslari O‘rta Osiyo davlatlaridagi holatni notinchlantirish, va u yerlarda to‘q sariq inqiloblarni yuzaga kelishi uchun zamin yaratishda foydalaniladi”, — deb qayd etdi qonun chiqaruvchi.

Klinsevich shuningdek, AQSh qayerga kirib borgan bo‘lsa, u yerdan hech qachon chiqmasligiga e’tibor qaratdi.

“AQSh bundan oldin ham bir necha marotaba Afg‘oniston hududidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga harakat qilgan, ammo Sovet Ittifoqi ularning barcha rejalarini puchga chiqargan edi”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют