» » Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi

Xitoy Oyning orqa tomonidan olingan ilk fotolarni e’lon qildi


Xitoy milliy koinot boshqarmasi (CNSA) “Chan’e-4” qurilmasi Oyning orqa tomoniga qo‘nganda olgan fotolarni e’lon qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“3-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 11:40 da kamera Oyning orqa tomonini dunyoda ilk bor yirik plandagi suratini oldi va Yerga uzatdi. Unda qurilmani tark etib, Oyga qaytishga chog‘langan modulning yo‘nalishi aks ettirilgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Tarixda ilk bor Oyning orqa tomoniga qo‘ngan Xitoy zondi Yer yo‘ldoshining geologik tuzilishi, tuproq tarkibi haqida ma’lumotlar to‘plashi, shuningdek, qator radioastronomik kuzatuvlar olib borishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют