» » Namanganda yangi namunadagi svetofor qurilmalarini o‘rnatish davom etmoqda (foto)

Namanganda yangi namunadagi svetofor qurilmalarini o‘rnatish davom etmoqda (foto)


Namanganda To‘raqo‘rg‘on tumanidan viloyat markaziga kiraverishda ham yangi namunadagi svetofor qurilmasi o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oldinroq ular Namangan shahridagi Islom Karimov va Irrigator ko‘chalari chorrahasiga o‘rnatilgandi.

Ushbu qurilmaning o‘ziga xosligi shundaki, svetoforning chiroqlari rangiga qarab svetofor arkasi ham shu rangda yonadi. Bu haydovchilar e’tiborini jalb etib, hushyorligini oshirib, svetofor ishorasiga amal qilmasdan o‘tish ehtimolini kamaytiradi va harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qurilma tungi paytda piyodalar o‘tish yo‘lagini ham yoritib, ularning xavfsiz harakatlanishiga qulaylik yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют