» » La Liga. “Real Madrid” “Vilyarreal”ni yuta olmadi (video)

La Liga. “Real Madrid” “Vilyarreal”ni yuta olmadi (video)


3-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha La Liganing 17-turi doirasida so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda “Real Madrid” “Villarreal” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq maydon egalari hisobni ochdi. Gol muallifi — Santi Kasorla. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas “Qirollik klubi” hujumchisi Karim Benzema Lukas Vaskes uzatmasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi. 20-daqiqaga kelib Rafael Varan madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvning 82-daqiqasida Santi Kasorla Tibo Kurtua darvozasiga 2-golini kiritdi va dublga erishdi. O‘yin so‘ngiga qadar mazkur hisob o‘zgarmadi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

La Liga

17-tur bahslari

3-yanvar, payshanba

Gollar: 1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.

“Villarreal”: Asenho, Layyun, Gonsales Soberon, Ruis, Kosta, Fuego (Trigeros, 82), Kazeres (Toko Ekambi, 63), Fornals, Kasorla, Chukvueze, Moreno (Bakka, 69).

“Real Madrid”: Kurtua, Karvahal, Varan, Ramos, Marselo, Modrich (Valverde, 64), Kasemiro, Kroos (Hunior, 86), Vaskes, Benzema, Beyl (Isko, 46).

Ogohlantirishlar: Kasemiro (41), Gonsales Soberon (45), Ramos (89), Kosta (90).

La Liga doirasidagi 17-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют