» » Globe Soccer Awards: Ronaldu eng yaxshi futbolchi, “Atletiko M” esa yilning eng yaxshi jamoasi

Globe Soccer Awards: Ronaldu eng yaxshi futbolchi, “Atletiko M” esa yilning eng yaxshi jamoasi


Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) va Yevropa futbol agentlari assotsiatsiyasi (EFAA) 2018-yildagi Globe Soccer Awards mukofoti g‘oliblarini aniqladi.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yilning eng yaxshi o‘yinchisi mukofotini qo‘lga kiritdi.

Portugaliyalik futbolchi ushbu sovrinni 5 marta qo‘lga kiritdi. 2011, 2014, 2016 va 2017-yillarda ham u eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.

Madridning “Atletiko” jamoasi esa 2018-yilning eng yaxshi klubi deb topildi.

Fransiya terma jamoasini mundial chempionligiga yetaklagan Didye Desham yilning eng yaxshi murabbiyi deya e’tirof etildi.

Eng yaxshi sport direktori sovriniga Fabio Paratichi (“Yuventus”) loyiq ko‘rildi.

Portugaliyalik Jorje Mendesh esa eng yaxshi futbol agenti mukofotini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют