» » O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi

O‘zbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizasiz tartibni joriy etdi


O‘zbekistonda 2019-yil 15 yanvardan Germaniya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mitaga ko‘ra, vizasiz tartib joriy etilishiga Germaniya fuqarolari tomonidan O‘zbekistonga kirish elektron vizalaridan foydalanish ko‘rsatkichining yuqoriligi sabab bo‘ldi. 2018-yil 28 dekabr holatiga ularni 1 089 kishi rasmiylashtirgan. Bu bilan Germaniya fuqarolari mazkur dasturdan foydalangan davlatlar ro‘yxatida 10-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonga Germaniyadan 18 ming kishi kelgan bo‘lib, bu 2017-yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют