» » Milandagi Moda haftaligi tendensiyalari

Milandagi Moda haftaligi tendensiyalari


Milanda bo‘lib o‘tgan Moda haftaligi bizga ko‘plab tendensiyalarni hadya etdi, ular shubhasiz, kirib kelgan yilda biz qanday kiyinishimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Ilon terisini eslatuvchi matodan tikilgan ko‘ylaklar kelasi qishda ham dolzarb bo‘ladi, kuzda esa “ilonli” palto va kurtkalarga e’tibor qaratish kerak. Kiyim to‘liq shunday printda bo‘lishi ham yaramaydi, yaxshisi, undagi birorta detal, masalan, molniya hoshiyasi yoki yoqa “ilon terisi”dan bo‘lsin.

Ko‘plab dizaynerlar ham kundalik, ham ish uslubiga mos keluvchi bog‘ichli etiklarni namoyish etdi. Materiallarning xilma-xilligi e’tiborga loyiq: Trussardi ilon terisiga o‘xshatib ishlangan charmdan, Giamba — shoyi detallari bo‘lgan charmdan etik yaratdi. Bog‘ichli etiklarni esa Salvatore Ferragamo va Tod’s taqdim etdi.

London moda haftaligida dizaynerlar binafsha rangini afzal ko‘rgan bo‘lsa, Milanda kelasi qish uchun nafis pushti va qizil tuslarni maslahat berishmoqda.

Dizaynerlar kelasi mavsumda sharfni nafaqat ustki kiyim bilan, balki pijama uslubidagi liboslar bilan ham taqishni tavsiya qilmoqda, bunda u ingichka va uzun bo‘lishi hamda baxmal yoki atlas matodan tikilgan bo‘lishi kerak.

Milan moda haftaligida deyarli har bir dizayner o‘z to‘plamida quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklardan foydalandi, ko‘pchilik yuzning yarmini yopib turuvchi ulkan hajmli modellarni taklif qildi. Ularning ba’zilari 2000-yillar estetikasi ruhida yaratilgan bo‘lsa, boshqalari ataylab kattalashtirilgan “mushuk ko‘zli” klassik gardishlarga ega.

Manba: Wonderzine

Опубликовано: admin (4-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют