» » Donald Tramp prezidentlik davrida AQSh tashqi qarzi 2 trln dollarga oshdi

Donald Tramp prezidentlik davrida AQSh tashqi qarzi 2 trln dollarga oshdi


AQSh hukumatining tashqi qarzi 2018-yilning yakunlari bo‘yicha 21,9 trillion dollarni tashkil qilib, 2017-yil bilan taqqoslaganda 2 trillionga oshgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

AQSh Moliya vazirligi mamlakat tashqi qarzi 2008-yilda ro‘y bergan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan so‘ng o‘sib borayotgani haqida ma’lum qilgan.

Tashqi qarzning 2018-yildagi ko‘rsatkichi 2 trillionga o‘sishi esa Soliq siyosatidagi islohot bilan bog‘liq.

Kongress bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzi 2018-yil yakunlariga ko‘ra, YaIM 78 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 1950-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют