» » Qozogiston Ozbekistonga benzin eksport qilish boyicha muzokaralarni boshlaydi

Qozogiston Ozbekistonga benzin eksport qilish boyicha muzokaralarni boshlaydi


Qozogiston qoshni mamlakatlarga sotishi mumkin bolgan juda kop benzinga ega. Bu haqda Spot xabar berdi.

Qozogiston Ozbekneftgaz bilan neftni qayta ishlash zavodlaridan Ozbekistonga benzin yetkazib berish boyicha dastlabki muzokaralarni boshlaydi.

Biz Ozbekiston, Afgoniston va Tojikiston bozorlariga qiziqish bildirmoqdamiz. Biz bundan manfaatdorimiz, deydi energetika vaziri Qanat Bozombayev Qozogiston benzinining eksport salohiyatiga oid savollarga javob berar ekan.

Otgan yili Qozogistonning uchta neftni qayta ishlash zavodi modernizatsiya qilinganidan song bozor turib qolmasligi uchun Qozogistonning benzin eksportini boshlash niyati borligi malum boldi.

Qozogiston va Rossiya oktabr oyida yoqilgi-energetika kompleksida hamkorlikga doir bitimga ozgartirish kiritish togrisidagi protokolni imzolagandi. Ozgartirishlar Qozogiston benzinini MDH mamlakatlariga yetkazib berishda embargoni olib tashlash bilan bogliq.

Dekabrda Kanat Bozumbayev Qozogiston benzinini 2019-yilning fevralidan Qirgizistonga eksport qilinishi haqida xabar qilgandi. 2019-yilda Qozogistonda benzin eksporti 1,2 million tonnani tashkil qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-01-2019, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
:
-
:
20 ... -