» » Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi (foto)

Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi (foto)


Bugun, 4-yanvar kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ochiq chempionatiga start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati  “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ikki kun davom etadigan mazkur chempionat Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Chempionatda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi o‘zaro kuch sinamoqda.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qo‘l jangi ustalari g‘oliblik uchun bahsga kirishdi.

Musobaqa 7 ta — -65 kg, -70 kg, - 75 kg, - 80 kg, - 85 kg, - 90 kg, hamda 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida tashkil etildi.

Dastlabki saralash va yarim final bahslari natjalariga ko‘ra, -70 kg hamda 90 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazn toifasida kurash olib borgan Mudofaa vazirligi Sport klubining ikki nafar sportchisi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Final janglari hamda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi ertaga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют