» » Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etiladi

Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etiladi


Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy muammolarni bartaraf etishdagi o‘zaro munosabatlarida ishonch darajasi oshiriladi. Bu haqda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan, deb yozadi “Kun.uz”.

Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha qarashlarini yaqinlashtirish, mintaqada xavfsizlik, barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni shakllantirishga qaratilgan O‘zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili lavozimini ta’sis etish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati — 2019-yil 20-iyul, ijro uchun mas’ullar — TIV, DXX, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют