» » O‘zbekistonda benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘i joriy qilindi

O‘zbekistonda benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘i joriy qilindi


2019-yil 1-yanvardan boshlab benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bekor qilinib, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i joriy qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 204-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilinganda soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i kiritilmagan holda aniqlanadi.

Shunday qilib, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish chog‘ida to‘lanadigan aksiz solig‘i summasiga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют