» » O‘zbekistonda 1-yanvar kuni 1708 nafar chaqaloq dunyoga keldi

O‘zbekistonda 1-yanvar kuni 1708 nafar chaqaloq dunyoga keldi


O‘zbekistonda Yangi yilning birinchi kunida 1 708 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bu 2018-yil 1-yanvar kungi ko‘rsatkichdan kamroq, o‘shanda 1 961 nafar chaqaloqning tug‘ilishi qayd etilgan edi.

Eng ko‘p chaqaloq Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tug‘ilgan — 204 va 200 nafar bola tegishli ravishda. Surxondaryoda — 181 nafar chaqaloq, Qashqadaryoda — 148, Namangan viloyatida — 147, Andijonda — 138, Toshkentda — 134 va Buxoroda — 110 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Qoraqalpog‘istonda 98 nafar bola, Xorazmda — 93, Toshkentda — 91, Jizzax viloyatida — 72, Sirdaryoda — 56 va Navoiy viloyatida — 36 nafar bola tug‘ildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019-yil 1-yanvar kuni 19:00 holatiga ko‘ra, butun O‘zbekiston bo‘yicha 1442 nafar chaqaloq tug‘ilganligi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют