» » Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti tashkil qilinadi

Toshkentda Hindistonning Amiti universiteti tashkil qilinadi


Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar sohasida Toshkent shahrida Amiti universiteti (Hindiston) tashkil qilinadi. Bu 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z ifodasini topgan, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Shu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida:

axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va menejment yo‘nalishlari bo‘yicha Universitet faoliyatini 2019/2020-o‘quv yilidan boshlash;

Universitet o‘quv binosini jihozlash va rekonstruksiya qilish, uning auditoriya va laboratoriyalarini xalqaro standartlar asosida zamonaviy uskuna va texnika bilan jihozlash;

xalqaro standartlarga muvofiq o‘quv reja va dasturlarini joriy qilish nazarda tutiladi.

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2019-yilning 1-avgustiga mazkur vazifalarni bajarishi belgilab qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 21:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют