» » O‘zbekistonda 16 ta qishloq va 5 ta mahallaning qiyofasi o‘zgardi

O‘zbekistonda 16 ta qishloq va 5 ta mahallaning qiyofasi o‘zgardi


O‘zbekistonda qishloqlar qiyofasi tubdan o‘zgarib, yashash uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

2018-yilda Navoiy viloyatining 16 ta qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi doirasida 334 milliard so‘mlik, “Obod mahalla” dasturi doirasida esa 5 ta mahallada 65 milliard so‘mlik ish qilindi. Xususan, Navoiy shahridagi “Tinchlik” mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, yangi qiyofadagi mahallada Yangi yil bayrami o‘tkazildi.

– Hududda ko‘plab yangi binolar qad rostladi. Amfiteatr, hammom, futbol maydonchasi, bolalar maydonchalari yangidan qurildi. Maktab, bog‘cha, mahalla guzari, avtoshoxbekat kabi obyektlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 6,8 kilometr ichimlik suvi, 2,5 kilometr tabiiy gaz, yana shuncha elektr, 32 kilometr irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari yangitdan barpo etildi. 8 kilometr ichki yo‘llar, 10 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi, – deydi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Dilmurod Xolov.

Shu bilan birga Karmana tumanidagi Hazora qishlog‘ida ham bunyodkorlik ishlari yakuniga yetkazildi. Hududda 32 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i, 45 kilometr gaz, 9,5 kilometr elektr tarmog‘i yangilandi. 16 kilometr ichki yo‘llar, 1 kilometr piyodalar yo‘lagiqurilib, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Maktab, bolalar bog‘chasi, xammom, sun’iy qoplamali mini futbol maydonchasi, bolalar maydonchasi, otalar choyxonasi, mahalla guzari, qishloq oilaviy poliklinikasi, amfiteatr qayta ta’mirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют