» » Samarqandning Urgut tumanida 118 yoshli Ulug‘ momoga yangi biometrik pasport topshirildi

Samarqandning Urgut tumanida 118 yoshli Ulug‘ momoga yangi biometrik pasport topshirildi


Urgut tumanining “G‘oyibota” mahallasida yashovchi Ulug‘ momo Olimova 118 yoshga to‘ldi, deb yozadi “Samarkandskiy vestnik”.

Yangi yil bayramlari arafasida Urgut fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi rahbari, podpolkovnik Komil Ahmedov Ulug‘ momoga uning yoshi tasdiqlangan yangi biometrik pasportni topshirdi.

Ulug‘ momo butun hayoti davomida kolxozda ishladi. U to‘rt nafar farzandning onasi, ikki katta qizi Salima va Saida allaqachon nafaqada. Katta o‘g‘li Abdullo xorijda. Imom tadbirkor bo‘lib ishlaydi va onasi bilan birga yashaydi.

O‘zining ulug‘ yoshiga qaramasdan Ulug‘ momo g‘ayratli, bog‘ni parvarish qilishni sevimli ishi deb hisoblaydi.

“Halol yashang, shukur qilishni biling, insonlarni ranjitmang. Osoyishta kunlarni qadrlang. Mamlakatimizda doim tinchlik bo‘lsin”, — deydi Ulug‘ momo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют