» » “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi negizida uyushma tashkil etiladi

“O‘zeltexsanoat” kompaniyasi negizida uyushma tashkil etiladi


“O‘zeltexsanoat” AK negizida uning mol-mulki va davlatga tegishli boshqa vositalar, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini o‘tkazgan holda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

“O‘zeltexsanoat” AKga tegishli xo‘jalik jamiyatlarining ko‘chmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi) Raqobat qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiradigan elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga 2022-yilning 1- yanvariga qadar o‘zining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar, shuningdek, ular tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida olib kelinadigan qurilish materiallari importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.

2022-yilning 1-yanvariga qadar:

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi mol-mulk solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

shartnomalar bo‘yicha tashkilotlarning “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqariladi.

Elektrotexnika sanoatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da quyidagilar ko‘zda tutilgan:

Amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha 153,8 million AQSh dollari miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019—2021-yillarda amalga oshirish;

2021-yilga yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;

2021-yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 million AQSh dollari miqdoriga erishish;

Loyiha qiymati 500 million AQSh dollari bo‘lgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют