» » O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va u haqda ma’lumot olish soddalashtirildi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va u haqda ma’lumot olish soddalashtirildi


O‘zbekiston hukumati Ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqladi. Bu haqda Norma’ga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

2018-yilning 1-oktabridan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilingan edi. Ro‘yxatga olish elektron shaklda amalga oshiriladi.

Yangi tahrirdagi nizomda quyidagilar aks etgan:

Birinchidan, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yagona qoidalari belgilangan;

ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarga Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestri ma’lumotlaridan erkin foydalanish imkoniyati taqdim etilmoqda;

uchinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qulay shart-sharoit yaratish uchun mas’ul organlar o‘rtasida ma’lumotlarni axborot-kommunikatsion almashuv joriy etilmoqda;

to‘rtinchidan, mojarolarni sudgacha hal etish mexanizmi joriy etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют