» » Turkiya prezidenti Germaniyani “terrorizmga sheriklikda” aybladi

Turkiya prezidenti Germaniyani “terrorizmga sheriklikda” aybladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda Die Welt nashri muxbiri Deniz Yusel qo‘lga olingandan so‘ng Germaniyani terrorizmga sheriklikda ayladi.

Deniz Yusel Turkiyada jangarilar bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda. Bu haqda Daily Sabah gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Ular (Germaniya) terrorni yashirganlik va unga sheriklik qilgani uchun sudga berilishi lozim”, — dedi qo‘lga olingan jurnalistni “nemis josusi” deb atagan Erdo‘g‘on.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Deniz Yuselni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi vakillaridan biri deb atadi.

“Bu odamni nemis elchixonasi bir oy davomida yashirib keldi. Biz uni topshirishni talab qilganimizda esa ular bundan bosh tortdi”, — deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Deniz Yusel terrorchilik tashkilotida ishtirok etishda gumonlanib fevral oyi o‘rtalarida qo‘lga olingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют