» » Kuvaytda dunyodagi eng uzun avtoko‘prikning qurilishi yakunlanmoqda

Kuvaytda dunyodagi eng uzun avtoko‘prikning qurilishi yakunlanmoqda


Kuvaytda dunyodagi eng uzun avtomobil ko‘prigi nomiga da’vogarlik qiluvchi uzunligi 48,5 kilometr bo‘lgan ko‘prikning qurilishi 2019-yilda yakunlanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Shayx Jabbor nomli ko‘prikning qurilishi aprel oyida yakunlanadi. Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi bilan qurilish bo‘yicha 2,6 milliard dollarlik shartnoma bundan olti yil avval imzolangan.

Ko‘prik uzunligi 36,1 va 12,4 kilometrli ikkita qismdan tashkil topgan. Ko‘prik Kuvayt shahar aglomeratsiyasini Kuvayt qo‘ltig‘ining teskari tomoni bilan bog‘laydi. Mamlakat hukumati ana shu tomonda ko‘p milliardli “Ipak shahri” arxitektura loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ayni paytda dunyodagi eng uzun avtomobil ko‘prigi Xitoyning Sindao shahrida joylashgan. Uning uzunligi qariyb 42 kilometrni tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют