» » O‘zbekistonda “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi


Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini ishonchli qo‘riqlash, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni himoyalash bo‘yicha zamonaviy tizim yaratilmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunga zamin yaratdi.

Aytib o‘tish kerakki, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etishda hozirga qadar bir qator muammolar mavjud edi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi, mavjud qo‘riqlash tizimi va texnologiyalarining yetarlicha samarali emasligi ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.

Endilikda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi amaliyotga joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, butun respublikada texnik qo‘riqlash va harakatlanish punktlariga xabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi yaratiladi.

Buning natijasida qo‘riqlanadigan obyektlardan kelib tushgan xabar joyiga nafaqat qo‘riqlash xizmati xodimlari, balki eng yaqin patrul guruhining tez yetib borishini ta’minlash mexanizmlari ishlab chiqiladi. Bundan buyon ko‘chmas mulklar bilan birga, transport vositalari va boshqa harakatlanuvchi obyektlarni qo‘riqlovga olishga e’tibor kuchaytiriladi.

Yangi turar joylar qurilishida ularni majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi.

Yuqoridagi chora-tadbirlar amalga oshirilganligi darajasidan kelib chiqib, mahallalarni xavfsizlik darajasining choraklik reytingi asosida baholash tizimi ham joriy etiladi va har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, fuqarolarga yengillik yaratish, o‘rnatiladigan qo‘riqlash texnikalarining sifatini oshirish maqsadida, qo‘riqlanadigan obyektlarda o‘rnatiladigan qo‘riqlov texnik vositalar va tizimlarini montaj, demontaj qilish, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish mobaynida foydalanishga beriladigan qo‘riqlov texnik vositalari jihozlarini o‘rnatish, qo‘riqlash xizmati mablag‘lari hisobidan bepul amalga oshiriladi.

Bu esa, fuqarolarning qo‘riqlash xizmatiga ishonchini va o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmati orqali himoya qilishini kengaytiradi. Natijada fuqarolarning mol-mulkiga nisbatan bo‘ladigan jinoiy tajovuzlarning kamayishiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют