» » Bugun Osiyo Kubogi—2019 boshlanadi, BAA—Bahrayn bahsini Sport-TV jonli efirda namoyish etadi

Bugun Osiyo Kubogi—2019 boshlanadi, BAA—Bahrayn bahsini Sport-TV jonli efirda namoyish etadi


5-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi boshlanadi.

BAA mezbonligida o‘tadigan musobaqaning dastlabki o‘yinida odatga ko‘ra “A” guruhi jamoalari ishtirok etadi.

Unga ko‘ra, mezbon BAA terma jamoasi musobaqaning ilk o‘yinida Bahrayn termasi bilan kurash olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. O‘yinni musobaqa translyatsiya huquqini sotib olgan Sport-TV telekanali jonli efirda namoyish etadi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida tarixda ilk bor 24 ta jamoa ishtirok etmoqda. Terma jamoalar 6 ta guruhga ajratilgan. Ularda 1 va 2-o‘rinlarni band etgan klublar to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga yo‘l oladi. Shuningdek, o‘z guruhida 3-o‘rinni egallagan 4 ta jamoa ham keyingi bosqichga chiqadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadigan “F” guruhi o‘yinlarining taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Osiyo Kubogi—2019

F guruhi o‘yinlari

2019-yil 9-yanvar

1-tur bellashuvlari

2019-yil 13-yanvar

2-tur bellashuvlari

2019-yil 17-yanvar

3-tur bellashuvlari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют