» » O‘zbekistonda yangi bank faoliyat yuritish uchun litsenziya oldi

O‘zbekistonda yangi bank faoliyat yuritish uchun litsenziya oldi


O‘zbekiston Prezidentining “2017—2021-yillarda Toshkent shahrida arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilishini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 13-martdagi PQ-2824-sonli qarorida “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi belgilangan, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi 2018-yil 29-dekabrda “Poytaxt bank” aksiyadorlik jamiyatiga (Toshkent shahri) bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bankning ustav kapitali 100 milliard so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, 100 foiz Toshkent shahar hokimligi tomonidan shakllantirilgan.

Bank Kengashi Raisi – Toshkent shahar hokimi mahkamasining Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Lutfulla Ismatullayev

Bank Boshqaruv raisi – Qahramon Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют