» » Maradona oshqozonidan qon ketib, kasalxonasiga tushib qoldi

Maradona oshqozonidan qon ketib, kasalxonasiga tushib qoldi


“Dorados” klubi bosh murabbiyi Diyego Maradona sog‘lig‘idagi muammolarga duch keldi, deb yozadi Infobae.

58 yoshli argentinalik mutaxassis Buenos-Ayresdagi “Olivos” klinikasida rejali tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va u oshqozon operatsiyasidan so‘ng endoskopiya qilindi.

Biroq shifokorlar Maradonaga oshqozondan qon ketishi tashxisini qo‘ydi va u kasalxonaga yotqizildi.

Klinikaning ma’lum qilishicha, argentinalikning oshqozonidagi muammo jiddiy emas.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2018-yilning sentabr oyidan Meksikaning ikkinchi divizionidagi “Dorados” klubni boshqarib kelmoqda. Mutaxassis jamoaning mavsumoldi 4 kunini o‘tkazib yuborganligi sababli uning jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.

Diyegoning advokati xabar berishicha, uning mijozi “Dorados”dan ketmaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют