» » Sirdaryo IESning 6 ta energobloki bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi

Sirdaryo IESning 6 ta energobloki bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi


“O‘zbekenergo”AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Rossiyaning “Siloviye mashini” OAJ kompaniyasi bosh direktori Timur Lipatov boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrdagi “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qaroriga muvofiq, 2018–2021-yillarda Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qilish belgilangan.

Muloqotda “O‘zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev barcha sohalar qatori elektr energiya sohasida ham O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini e’tirof etdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2018-yil 3-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga ko‘ra, elektr energiyasi sohasidagi loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi chora-tadbirlari nazoratga olingan.

– Sirdaryo IESda 6 ta energoblok modernizatsiya qilinishi evaziga ularning ish samaradorligini oshirish, har bir energoblokning o‘rnatilgan quvvatini 300 MVtdan 325 MVtga va amaldagi quvvattlarini 250 MVt.dan 325 MVtga ko‘paytirish, yoqilg‘ining solishtirma sarfini har bir kVt uchun 35-40 gr.ga kamaytirish va buning natijasida tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan, – deydi “Siloviye mashini” OAJ kompaniyasi Bosh direktori Timur Lipatov. – Shu bilan bir qatorda, modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davrini kamida yana 20 yilga oshirishga erishiladi.

Samarali kechgan muloqotda ko‘zda tutilgan loyihalar ijrosini qisqa muddatlarda ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

“O‘zbekenergo” AJ Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют