» » Osiyo Kubogidan oldin koreyalik Son Hyon Min “gol+pas” tizimida 6 ta o‘yinda 12 ochko to‘pladi

Osiyo Kubogidan oldin koreyalik Son Hyon Min “gol+pas” tizimida 6 ta o‘yinda 12 ochko to‘pladi


4-yanvar, juma kuni Angliya Kubogi 3-turida “Tottenhem” hujumchisi Son Hyon Min “Tranmer Rovers” bilan kechgan o‘yinda (7:0) raqib darvozasiga bitta gol urdi va 2 ta golga uzatma berdi.

26 yoshli koreyalik futbolchi londonliklar safida so‘nggi 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, “gol+pas” tizimida 12 ochko (7+5) jamg‘ardi. Bu haqda Opta xabar berdi.

Bunga qadar Son Hyon Min ushbu natijani 31 ta o‘yinda qayd etgan.

13-yanvar, yakshanba kuni APLning 22-turi doirasida “Manchester Yunayted” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan so‘ng Son Osiyo Kubogi musobaqalarida Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida ishtirok etish uchun BAAga jo‘nab ketadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют