» » “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining ochilishi 2019-yil dekabriga qoldirildi

“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining ochilishi 2019-yil dekabriga qoldirildi


“Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortining ochilishi kechiktiriladi. Bu haqda kurortning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi, shuningdek Spot nashrining manbalari ham ushbu axborotni tasdiqlagan.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror texnik va boshqa masalalardan kelib chiqqan holda qabul qilingan: “Loyiha ko‘p yillar davomida tog‘da faoliyat ko‘rsatadi, bizning oldimizdagi vazifa esa uni asosli qilib tayyorlashdir. Yarim yil—bir yil — bu unchalik katta muddat emas, biroq biz uchun muhim tanaffus, boisi bu yerda kurort va umuman mamlakat imidji masalasi turibdi”.

Kompaniya vakillarining qo‘shimcha qilishicha, kurort hozir aytilayotganidan-da ertaroq ochilishi ham mumkin — agar qorli ob-havo sharoiti kuzatilsa.

Ushbu kurortni dastlab 2018-yil 15-dekabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan edi, biroq keyinroq muddat o‘zgartirildi va o‘rindiqli dor yo‘li 2019 yil yanvarida ishga tushishi ma’lum qilindi.

“Amirsoy” — bu O‘zbekistonning jahon darajasidagi ilk tog‘-chang‘i kurortidir. Loyihaning qurilishi uch bosqichni o‘z ichiga olgan: turli murakkablikdagi tog‘-chang‘i trassalari tarmog‘ini yaratish, yettita dor yo‘li, snoubord-park, yaxmalak maydonlarini qurish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 18:14)
+1 (голосов: 1)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют