» » O‘zbekiston Moliya vazirligi QQSga o‘tish bo‘yicha savollarga tezkor javob berish uchun shtab tashkil etdi

O‘zbekiston Moliya vazirligi QQSga o‘tish bo‘yicha savollarga tezkor javob berish uchun shtab tashkil etdi


O‘zbekiston Moliya vazirligi huzurida qo‘shilgan qiymati solig‘i (QQS)ga o‘tish bo‘yicha savollarga tezkor munosabat bildirish, shuningdek, iste’mol mahsulotlari narxlarining shakllanishini monitoring qilib borish bo‘yicha shtab tashkil etildi. Bu haqda Moliya vazirligining Telegram-kanalida xabar berilmoqda.

Vazirlik QQS to‘loviga o‘tish bo‘yicha savollar tug‘ilsa yoki mahsulotlarning narxini asossiz tarzda oshirish holatlari aniqlansa, murojaatlarni @MoliyaPress Telegram-akkauntiga yuborishni so‘ramoqda. “Axborot yuzaga kelayotgan muammo va savollarni tezkor hal qilish uchun mas’ul shaxslarga yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, soliq qonunchiligini qo‘llash bo‘yicha savollarga Davlat soliq qo‘mitasi maslahatchilari ham (+998-71) 202-32-82 koll-sentr raqami yoki 1198 qisqa raqami orqali javob beradi. Yangi soliq tizimi haqidagi dolzarb axborot DSQning ham Telegram-kanalida chop etib borilmoqda.

“Gazeta.uz”ning eslatishicha, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (pul aylanmasi) milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalar umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkaziladi.

2021-yil 1-yanvarga qadar esa soliq to‘lovchilarning ayrim kategoriyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno).

Soliq davri davomida yalpi tushumi 3 milliard so‘mdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют