» » Yana 45 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi

Yana 45 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi


O‘zbekiston 1-fevraldan yana 45 mamlakat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etadi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

2018-yilning fevralida davlat rahbari yetti mamlakat — Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu ro‘yxatga mart oyida Tojikiston, oktabrda Fransiya (shu bilan bunday tartib joriy etilgan mamlakatlar soni 18 taga yetdi), 15 yanvardan esa Germaniya qo‘shildi.

Ayni vaqtda 39 mamlakat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini olishning soddalashtirish tartibi amal qila boshladi (hozir bunday mamlakatlar soni — 51 ta). Iyul oyidan elektron vizalar, 16 yoshgacha bo‘lgan chet elliklar uchun vizasiz tartib va 101 mamlakatdan kelayotgan tranzit aviayo‘lovchilar uchun besh kunlik vizasiz tartib yo‘lga qo‘yildi.

Davlat rahbarining farmonida qayd etilishicha, viza tartibi va O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarining soddalashtirilishi — infratuzilmalarni rivojlantirish va xorijda mamlakatning sayyohlik salohiyatini faol targ‘ib qilish bilan birgalikda — respublikaga kelgan chet elliklar sonining 2017-yildagi 2,60 million kishidan 2018-yilda 5,3 million kishigacha, ikki barobarga oshishiga sabab bo‘ldi.

2019-yil 1-fevraldan fuqarolari elektron kirish vizalarini olish huquqiga ega mamlakatlar ro‘yxatiga 76 davlat qo‘shiladi. Bundan taqshari, 15-martdan e’tiboran amal qilish muddati 30 kun bo‘lgan ikki martalik va ko‘p martalik elektron kirish vizalari joriy etiladi. Shuningdek, chet el fuqarolarining alohida guruhlari uchun Vatandosh visa, Student visa, Academic visa, Medical visa va Piligrim visa kabi yangi viza kategoriyalari (elektron emas) yo‘lga qo‘yiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют