» » O‘zbekiston mehmonxonalari endi propiska va nikoh munosabatlariga qaramaydi

O‘zbekiston mehmonxonalari endi propiska va nikoh munosabatlariga qaramaydi


O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari “jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik va nikoh munosabatlaridan, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’iy nazar” ko‘rsatilishi lozim.

“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, bu masala Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 5-yanvar kuni imzolangan “O‘zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar qonunchilikka ziddir. Shunga qaramay, O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida o‘zaro nikohda bo‘lmagan juftliklarning mehmonxonada birga yashashiga nisbatan taqiq amalda bo‘lib kelgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda taqiqlov belgisi bo‘lmagan barcha joylarni foto va videosuratga olishga ruxsat berildi, Yana 45 mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют