» » Osiyo Kubogi—2019. BAA terma jamoasi Bahraynni yuta olmadi

Osiyo Kubogi—2019. BAA terma jamoasi Bahraynni yuta olmadi


5-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasiga start berildi.

BAA mezbonligida o‘tadigan musobaqaning dastlabki o‘yinida odatga ko‘ra “A” guruhi jamoalari ishtirok etdi.

Unga ko‘ra, mezbon BAA terma jamoasi Bahrayn termasi bilan kurash olib bordi. Uchrashuvda hisob 78-daqiqada Bahrayn termasi a’zosi Muhammad al-Rohaimiy tomonidan ochildi. 87-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Ahmad Halil penaltidan gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Natijada BAA va Bahrayn ham o‘z visobiga bittadan ochko yozib qo‘ydi.

Osiyo Kubogi-2019

A guruhi, 1-tur

5-yanvar, shanba

Gollar: 0:1 - 78 Muhammad al-Rohaimiy, 1:1 - 87 penalti Ahmad Halil.

Ma’lumot uchun, Osiyo Kubogi—2019 musobaqasida tarixda ilk bor 24 ta jamoa ishtirok etmoqda. Terma jamoalar 6 ta guruhga ajratilgan. Ularda 1 va 2-o‘rinlarni band etgan klublar to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga yo‘l oladi. Shuningdek, o‘z guruhida 3-o‘rinni egallagan 4 ta jamoa ham keyingi bosqichga chiqadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют