» » Farg‘ona viloyati IIB: Qo‘qon shahridagi bayram archasi yoqib yuborilmagan

Farg‘ona viloyati IIB: Qo‘qon shahridagi bayram archasi yoqib yuborilmagan


Farg‘ona viloyati IIB Qo‘qon shahri markazidagi bayram archasi yonib ketishi sabablariga oydinlik kiritdi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, joriy yilning 5-yanvar kuni soat 17:15 atrofida Yangi Chorsu ko‘chasida joylashgan Qo‘qon musiqali drama teatri oldiga o‘rnatilgan bayramarchasida yong‘in kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuz bergan.

Yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda archa atrofida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan edi. Shu sababli yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan. Hodisa yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

Hozirda bayram archasini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB Telegram’dagi ayrim kanallarda tarqatilgan “Archani yoqib ketishdi” mazmunidagi xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют