» » Qozog‘iston elchisi viloyatlar miqyosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini o‘rganish uchun Namanganga keldi

Qozog‘iston elchisi viloyatlar miqyosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini o‘rganish uchun Namanganga keldi


Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishish hamda viloyatlar miqyosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini o‘rganish uchun Namangan viloyatiga keldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning iqtisodiy-sanoat salohiyati haqida so‘z bordi, shuningdek, qo‘shma agrosanoat zonasi tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes darajasida o‘zaro manfaatli loyihalarni ham yo‘lga qo‘yishimiz talab etiladi. Bugungi kunda Qozog‘istonda yirik biznes rivojlangan, lekin kichik va o‘rta biznes oqsamoqda. Agar O‘zbekistonda mazkur sektorning YaIMdagi ulushi 82 foiz bo‘lsa, bizda 30—40 foizni tashkil etadi. Shunday ekan, Qozog‘iston kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda o‘zbek tajribasini o‘rganishi foydadan holi emas.

Yerik Utembayev, Qozog‘iston elchisi

Qozogiston elchisi safari davomida viloyatdagi etakchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi, tadbirkorlik subyektlari vakillari  bilan uchrashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют