» » “Toshkent dengizi”da harbiy sportchilar yoshlarga master-klass o‘tdi (foto)

“Toshkent dengizi”da harbiy sportchilar yoshlarga master-klass o‘tdi (foto)


Mudofaa vazirligi Sport klubining taniqli sportchilari Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi)da sportchi-yoshlarga baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha master-klass o‘tkazishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Mudofaa vazirligi sport klubi a’zosi leytenant Vadim Menkov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askarlar Gerasim Kochnev va Olga Umarova kabi qator sport ustalari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlash kerakki, leytenant Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 4 karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan ilk sportchi, Xalqaro kanoe federatsiyasi tomonidan dunyoning 2009-yildagi “Eng yaxshi kanoechisi” deb topilgan edi.

Shuningdek, mashg‘ulotda hali maktab o‘quvchisi bo‘lsada, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha sport ustasiga aylanib ulgurgan Gulbahor Fayziyeva hamda sport ustasi, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Dilnoza Rahmatova ham ishtirok etdi.

“Master-klass jarayonida 2018-yili baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deya e’tirof etilgan Mudofaa vazirligi sport klubi katta murabbiyi Yekaterina Zarkova yoshlarga hayotiy maslahatlarini berib bordi. Dunyo tan olgan sportchilar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar barcha ishtirokchilarni yuksak marralar sari chorlagani shubhasiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют