» » “Moskva go‘zali”ga uylangan Malayziya qiroli taxtdan voz kechdi

“Moskva go‘zali”ga uylangan Malayziya qiroli taxtdan voz kechdi


Malayziya qiroli Muhammad V taxtdan voz kechdi, deb xabar beradi Tengrinews.

U Malayziya federal konstitutsiyasiga muvofiq, hukmdorlar konferensiyasiga xat yozib, taxtdan voz kechishi haqida rasman ma’lum qilgan.

Muhammad V avvalroq uni Malayziya qiroli etib saylagan konferensiya a’zolariga minnatdorlik izhor qildi, shuningdek, bosh vazir va federal hukumatga chuqur ehtiromini bildirdi.

Muhammad V Malayziyaning o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Kelantan shtatiga qaytmoqchi. Taxtdan voz kechishi sabablari haqida aytilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil noyabrida Moskvada Malayziya qiroli Muhammad V Kelantan Sulton va 2015-yilning “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodinaning to‘yi bo‘lib o‘tgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют