» » O‘zbekistonda 2018-yilda 1561 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan

O‘zbekistonda 2018-yilda 1561 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan


O‘zbekiston Respublikasida 2018-yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Bularning aksariyatini — 580 nafar xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari, 257 nafari — ta’lim sohasi, 83 nafari — sog‘liqni saqlash tizimi, qolgan qismini boshqa soha vakillari tashkil qiladi.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 39 nafari respublika, qolganlari viloyat tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan bu xodimlarning 821 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 138 nafari pora olish va berish, qolganlari esa boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют