» » Osiyo Kubogi—2019. Amaldagi chempion Avstraliya terma jamoasi Iordaniyaga yutqazib qo‘ydi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Amaldagi chempion Avstraliya terma jamoasi Iordaniyaga yutqazib qo‘ydi (video)


6-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tish belgilangan uchta uchrashuvdan bittasi nihoyasiga yetdi.

Jumladan,  Avstraliya terma jamoasi Iordaniya termasi bilan kurashga kirishdi. O‘yinda hisob 26-daqiqada iordaniyaliklar a’zosi Anas Bani Yosin tomonidan ochildi. Mazkur gol o‘yin oxirigacha yagonaligicha qoldi.

Shu tariqa amaldagi chempion Avstraliya Osiyo Kubogi—2019 musobaqasini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvi esa Suriya hamda Falastin terma jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin 21:00 da boshlanishi belgilangan. Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi.

Osiyo Kubogi—2019

6-yanvar, yakshanba

“B” guruhi, 1-tur

Gol: 0:1 — 26 Yosin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют